Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Arsenal" sobiq futbolchisi: "50 million funt Martinelli uchun juda kam"

"Arsenal" sobiq futbolchisi: "50 million funt Martinelli uchun juda kam"

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Alan Smit "Al-Hilol"ning Gabriel Martinelli uchun taklifi haqida fikr bildirdi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi 50 million funt sterling, ya’ni taxminan 58 million yevro evaziga Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin.

"50 million funt? Hozirgi futbolda bu deyarli hech narsa emas, shunday emasmi? Bunday pulga o‘rtamiyona futbolchini sotib olish mumkin. Ammo Martinelli o‘rtamiyona futbolchi emas", — dedi Smit Sky Sports'ga bergan intervyusida.

"Martinelli ko‘p yillar davomida juda yaxshi o‘ynadi. Balki so‘nggi paytlarda biroz pasayish bo‘lgandir. U hali 25 yoshda. Agar ketishni istasa, faoliyatining shu bosqichida Saudiya Arabistoniga ikki yilga borib, keyin yana qaytishi mumkin", — qo‘shimcha qildi sobiq futbolchi.

Martinelli 2019 yildan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubi safida 278 ta o‘yin o‘tkazib, 62 ta gol urgan va 36 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 06:44, 26.08.2026.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик