Efiopiya 2028 yilgi Afrika kubogiga mezbonlik qilish uchun o‘z nomzodini ilgari surdi. Ushbu musobaqa juft yilda o‘tkaziladigan ilk Afrika kubogi bo‘lishi kutilmoqda.
Bunga qadar Afrika kubogi toq yillarda tashkil etib kelingan. Navbatdagi musobaqa 2027 yilda birdaniga uch mamlakat — Keniya, Tanzaniya va Ugandada bo‘lib o‘tadi.
Rejaga ko‘ra, shundan keyin turnir formatida jiddiy o‘zgarish amalga oshirilib, Afrika kubogi har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi.
derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizimdagi ilk musobaqani 2028 yilda qabul qilish uchun Efiopiya da’vogarlik qilmoqda.
Agar Efiopiya mezbonlik huquqini qo‘lga kiritsa, bu mamlakat tarixida Afrika kubogini ikkinchi marta qabul qilishi bo‘ladi. Efiopiya ilk bor ushbu musobaqaga 1976 yilda mezbonlik qilgan.













