"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi klubning transfer bozorida katta mablag‘ sarflayotgani haqida fikr bildirdi.
Joriy yozda "shporlar" yangi futbolchilar uchun 350 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Yaqinda London klubi "Manchester Siti"dan vinger Savinyoni qariyb 88 million yevroga xarid qilganini e’lon qildi.
"Transferlar sabab hech qanday qo‘shimcha bosim his qilmayapman. Agar imkoniyat bo‘lsa, yana katta mablag‘ sarflab futbolchilar sotib olaman. Bunda hech qanday muammo ko‘rmayman. Boshqa klublar ham xuddi shunday qilyapti.
Men faqat dunyoning eng yaxshi klublaridan birida ishlayotganim uchun bosim his qilaman. Bu klubga sovrinlar yutishida yordam berishni istayman. Bu mavsumdami yoki keyingisidami — bilmayman.
Nega "Tottenxem" "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Manchester Siti" bilan raqobat qila olmasligini tushunmayman. Nega biz ham ular kabi mablag‘ sarflay olmaymiz?
"Chelsi" misolini eslash mumkin. Ular Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yutishdi. Katta xarajatlardan keyin natijaga erishish uchun ularga ikki-uch mavsum kerak bo‘ldi. Menimcha, biz bunga ancha tezroq erishamiz", — deya De Zerbining so‘zlarini keltiradi Standard.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" Premyer-liganing birinchi turida "Brentford"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.













