Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Morgan Brunu Fernandeshning g‘alabasidan norozi bo‘ldi

Morgan Brunu Fernandeshning g‘alabasidan norozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Teleboshlovchi va "Arsenal" muxlisi Pirs Morgan Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha ovoz berish natijalaridan norozi bo‘ldi.

G‘olib professional futbolchilarning ovozlari asosida aniqlandi. 25 avgust kuni sovrin "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga nasib etishi ma’lum bo‘ldi.

"Bu absurd... Deklan Rays yutishi kerak edi", — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays ham ushbu mukofot uchun nomzodlar qatorida bo‘lgan. Shuningdek, Brunu Fernandesh, Erling Xoland va Premyer-liganing yana bir qator yetakchi futbolchilari sovrin uchun kurashgan.

Fernandesh 2025/26 mavsumida Premyer-ligada 9 ta gol urdi va 21 ta golli uzatma bilan chempionatning yangi rekordini o‘rnatdi. "Manchester Yunayted" esa mavsumni uchinchi o‘rinda yakunladi.

Kiritildi: 08:06, 26.08.2026.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик