Kot-d'Ivuar terma jamoasi yarim himoyachisi Frank Kessye faoliyatini yana Italiyada davom ettirishga moyil.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi Italiya klublaridan tushadigan takliflarga ustuvorlik berishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, "Al-Ittihod" bir necha haftadan beri 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun faol harakat qilmoqda.
Kessyening so‘nggi klubi "Al-Ahli" bo‘lgan. U 2026 yil 1 iyul kuni shartnomasi yakunlangani sabab jamoani tark etdi.
Hozircha Italiya klublaridan Kessyega aniq takliflar borligi haqida ma’lumot yo‘q.
Futbolchi 2022 yilda "Milan"dan "Barselona"ga o‘tib, Italiyani tark etgan edi. Bunga qadar u Apennin yarimorolida "Atalanta" va "Chezena" safida ham to‘p surgan.













