Sobiq italiyalik hujumchi Janpaolo Passini "Milan"ga Rafael Leau bilan xayrlashishni tavsiya qildi. Uning fikricha, futbolchi va klub o‘rtasidagi munosabatlarni avvalgi holatiga qaytarish endi juda qiyin.
"Menimcha, "Milan" uni sotishi kerak. Bu voqea juda cho‘zilib ketdi. O‘tgan yili u yaxshi o‘ynamadi, qolaversa, o‘z bayonotlari bilan vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.
Hozirgi bosqichda munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yib, hammasini boshidan boshlash juda qiyin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Shuning uchun barcha uchun eng yaxshi qaror — yo‘llarni ajratish", — deya Passinining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Leau 2019 yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.













