"Fenerbaxche" hujumchilari Marko Asensio va Kerem Aktyurkog‘lu Chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichining "Lion"ga qarshi javob uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmadi.
"Ularning yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish bo‘lmaydi", — dedi jamoa bosh murabbiyi Ismail Kartal.
Shanba kuni Turkiya chempionatida "Konyaspor"ga qarshi 4:2 hisobida yakunlangan o‘yinda Asensio chap son mushaklarini cho‘zib olgan, Aktyurkog‘lu esa miya chayqalishi jarohatini olgan.
Shuningdek, Romelu Lukaku ham hozircha uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashga tayyor emas.
"Lion" — "Fenerbaxche" javob bahsi 26 avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan. G‘olib Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘l oladi.













