«Arsenal» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes klub bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan ishlash borasidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va jamoaning ambisiyali rejalari haqida gapirib o‘tdi.
«Birinchi suhbatimizdanoq Arteta bu yerda sulola barpo etish va mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish istagi borligini aytgandi. Uning intilishlari meni doimo ruhlantirib kelgan. Men uchun bu yerdagi barcha narsa yangilik, shuning uchun sheriklarim, murabbiy, xodimlar va uning ish uslublariga ko‘nikishga harakat qilyapman. Aytishim mumkinki, hali jamoadagi o‘z o‘rnimni qidirmoqdaman, ammo bu yerda menga juda yoqmoqda», — deya Gimaraynsning so‘zlarini keltiradi ESPN.
«Arsenal» va Bruno 75 million funt sterling (87,75 million yevro) miqdoridagi transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi bilan besh mavsumga — 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.













