Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Chempionlar Ligasiga chiqqan "Sabah" murabbiyidan ta’sirli bayonot

Chempionlar Ligasiga chiqqan "Sabah" murabbiyidan ta’sirli bayonot

Baho:
+ | -

"Sabah" bosh murabbiyi Valdas Dambrauskas jamoasining Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga yo‘l olganidan keyin hissiyotlarini bayon qildi.

Boku klubi hal qiluvchi uchrashuvda Isroilning "Xapoel" jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Safardagi birinchi bahsda 1:2 hisobida yutqazgan "Sabah" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida ustun keldi.

Dambrauskasning aytishicha, uchrashuv oson kechmagan. Raqibning faol bosimi ayrim vaziyatlarda "Sabah" futbolchilarini xatoga majbur qilgan, ammo jamoa zarur paytda o‘yinni o‘z foydasiga burishga erishgan.

"Bu kechani stadionga kelgan muxlislar uzoq vaqt eslab yuradi. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular maydonda bor imkoniyatini ishga soldi. Biz dunyodagi eng nufuzli klub turniri bosqichiga chiqdik. Hozir men o‘zimni dunyodagi eng baxtli murabbiydek his qilyapman", — dedi litvalik mutaxassis.

Shu tariqa, 2017 yilda tashkil etilgan "Sabah" o‘z tarixida birinchi marta UYEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oldi.

Boku jamoasi so‘nggi mavsumda ham tarixiy natija qayd etib, ilk bor Ozarbayjon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 11:02, 26.08.2026.
O'qildi: 1502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик