Ispaniyaning "Atletiko" klubi yangi hujumchi izlashda davom etmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar "Yuventus"dan Jonatan Devidning ehtimoliy transferi shartlari haqida ma’lumot so‘ragan.
Hozircha rasmiy taklif ham, to‘liq muzokaralar ham boshlanmagan. Biroq "Atletiko" tomonidan Turin klubiga murojaat bo‘lgan.
Shuningdek, Devidning o‘zi ham boshqa klubdan yaxshi taklif tushsa, "Yuventus"ni tark etishga tayyor ekani aytilmoqda.
A Seriyaning yangi mavsumi 1-turida kanadalik hujumchi "Frozinone"ga qarshi safar uchrashuvida "Yuventus"ning asosiy tarkibiga kirmadi. U 1:0 hisobida yakunlangan bahsni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.













