Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Beshiktosh» «Bayer» hujumchisi transferini hal qildi

«Beshiktosh» «Bayer» hujumchisi transferini hal qildi

Baho:
+ | -

«Bayer» hujumchisi Ernest Poku «Beshiktosh»ga o‘tishga yaqin.

Sky Sport xabariga ko‘ra, Turkiya klubi 22 yoshli niderlandiyalik futbolchini 3 million yevro evaziga bir yilga ijaraga oladi. Shartnomada muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, futbolchini 20 million yevroga majburiy sotib olish bandi ham mavjud.

«Beshiktosh» o‘z navbatida transfer va futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishilganini tasdiqladi. Poku allaqachon Istanbulga yetib kelgan va endi unga faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tish qoldi.

Hujumchi o‘tgan mavsum Bundesligada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Kiritildi: 12:50, 26.08.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик