Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Flik Yamalning "Elche"ga qarshi o‘yinda tushkun ko‘ringaniga izoh berdi

Flik Yamalning "Elche"ga qarshi o‘yinda tushkun ko‘ringaniga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal o‘tgan hafta "Elche"ga qarshi o‘yin vaqtida ham, bahsdan keyin ham tushkun va xafa holatda ko‘rindi. Kataloniyaliklar mazkur uchrashuvda 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik futbolchining holatini sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo bilan izohladi.

"Lamin Yamal hozir eng yaxshi darajasida emasligi tabiiy hol. Biz unga avvalgi holatiga qaytish yo‘lini topishimiz kerak. U maydonda o‘tkazgan 60 daqiqani juda qadrlayman.

"Elche"ga qarshi o‘yindan keyin Laminning boshi og‘ridi. Hozir u o‘zining eng yaxshi holatida bo‘la olmaydi.

U dastlabki ikki golda ishtirok etdi, bizga juda katta yordam berdi va umuman olganda yaxshi harakat qilmoqda", — dedi Flik.

Avvalroq Yamalning tushkun kayfiyati "Barselona" Aleks Baldeni sotishni rejalashtirayotgani bilan bog‘liq ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 16:08, 26.08.2026.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик