Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Rasman! "Benfika" Palinyani "Bavariya"dan sotib oldi

Rasman! "Benfika" Palinyani "Bavariya"dan sotib oldi

Baho:
+ | -

Lissabonning "Benfika" klubi Myunxenning "Bavariya" jamoasidan Joau Palinyani sotib olganini rasman e’lon qildi.

Portugaliyalik yarim himoyachi "Benfika" bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi taxminan 14 million yevroni tashkil qilgan.

"Bavariya" Palinyani 2024 yilda 51 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Biroq u Myunxen klubida asosiy tarkibdan mustahkam joy ola olmadi.

O‘tgan mavsumda Joau ijara asosida Londonning "Tottenxem" klubi safida to‘p surdi.

Ayni paytda 31 yoshli portugaliyalik futbolchining bozor qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda.

Qizig‘i, Palinya "Benfika"ning prinsipial raqibi "Sporting" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:28, 26.08.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик