Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Italiya Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi

Italiya Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi

Baho:
+2 | -

Italiya Janni Infantinoning FIFA prezidenti saylovidagi nomzodini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Tegishli bayonotni bugun Italiya futbol federasiyasi (FIGC) e’lon qildi.

«Qaror FIGCning FIFA prezidenti tomonidan xalqaro musobaqalarni boshqarish va ularni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan so‘nggi tashabbuslarga nisbatan UEFA va uning prezidenti Aleksander Cheferin bilan to‘liq hamjihatlikdagi pozisiyasini aniq va shaffof ifodalashga qaratilgan», — deyiladi FIGC bayonotida.

«Biz UEFA va boshqa Yevropa federasiyalari bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Futbolning xizmatga asoslanganlik, birdamlik, barqarorlik va muxlislarning markaziy roliga tayangan qarashlarini ilgari surish niyatidamiz. Biz futbolning o‘sishi, yangiliklarni joriy etishi va shu bilan birga o‘zining asosiy tamoyillarini himoya qilishiga imkon bergan muloqot, tinglay bilish va umumiy mas’uliyat modeli tarafdorimiz», — dedi federasiya rahbari Jovanni Malago.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida FIFA Jahon chempionati translyasiya va boshqa huquqlarini sotish uchun FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tijoriy tuzilma tashkil etishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederasiyalari tanqidi va UEFAga a’zo mamlakatlarning Jahon chempionatini boykot qilish tahdidi fonida bu g‘oyadan voz kechdi.

Kiritildi: 19:23, 26.08.2026.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик