Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sanderlend» Grilish bo‘yicha «Manchester Siti»ga taklif yubordi

«Sanderlend» Grilish bo‘yicha «Manchester Siti»ga taklif yubordi

Baho:
+ | -

«Sanderlend» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilishni ijaraga olish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, manchesterliklar 30 yoshli angliyalik futbolchining maoshining bir qismini to‘lashda davom etadi. Shuningdek, Grilishning «Manchester Siti» bilan shartnomasi tugashidan oldin uni doimiy ravishda sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Grilish o‘tgan mavsumni «Everton»da ijara asosida o‘tkazdi. U APLda 20 ta o‘yinda 2 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi.

Joriy mavsumda esa Grilish «Manchester Siti»ning har ikki o‘yinida — Angliya Superkubogida «Arsenal»ga qarshi va APLning birinchi turida «Bornmut»ga qarshi uchrashuvlarda — ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi.

 

Kiritildi: 20:16, 26.08.2026.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик