Ruminiya futbol federasiyasi (FRF) Janni Infantinoni FIFA prezidentligi saylovida qo‘llab-quvvatlamaydi. Bunday qaror 26 avgust kuni FRF ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi.
"Biz Janni Infantinoga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdik. Bu shuni anglatadiki, agar u ishtirok etishdan voz kechmasa va 2027 yil mart oyida o‘z nomzodini ilgari sursa, biz unga ovoz bermaymiz", — dedi FRF prezidenti Rezvan Burlyanu.
Norozilikka Infantinoning FIFA tasarrufida o‘tkaziladigan yirik musobaqalarning media va tijoriy huquqlaridan olinadigan daromadlar bilan bog‘liq so‘nggi loyihasi sabab bo‘lgan.
Burlyanu FRF avval ham FIFA rahbariyatining bir qator tashabbuslariga qarshi chiqqanini eslatdi.
Xususan, Ruminiya futbol federasiyasi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ayrim tijoriy huquqlarini boshqa tuzilmalarga berish loyihasiga, shuningdek jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasiga qarshi bo‘lgan.













