«Chelsi» «Atalanta» himoyachisi Onest Axanor transferi bo‘yicha muzokaralarni faollashtirdi.
Jurnalist Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar futbolchining ehtimoliy transferini faol muhokama qilmoqda, biroq klublar hozircha yakuniy kelishuvga erishmagan.
Transfer qiymati 40 million yevrodan oshishi kutilmoqda. Avvalroq London klubi «Atalanta»dan himoyachi Marko Palestrani 57 million yevroga xarid qilgan edi.
Axanor «Jenoa» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan yilning yozida «Atalanta»ga ko‘chib o‘tgan va jamoa safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Shuningdek, u 3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan.
Joriy yilda futbolchi Italiya milliy terma jamoasi safida ham debyut qildi.













