«Liverpul»ning o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong Angliya Premyer-ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Nottingem Forest»ga qarshi uchrashuv oldidan raqib jamoa kuchiga baho berdi.
«Qizillar» 29 avgust kuni «Enfild»da «o‘rmonchilar»ni qabul qiladi.
«Men «Forest»ning o‘yinlarini ko‘rdim, shuningdek, mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi «Bayer»ga qarshi bahsini ham kuzatdim. Ular juda kuchli va yaxshi futbol namoyish etadi. Menga «Forest»ning uslubi yoqadi.
Oliver Glasner tufayli ular o‘tgan mavsumdagi «Kristal Pelas»ni eslatadi. O‘sha jamoa bilan o‘yinlarda bizda muammolar bo‘lgan edi. Shubhasiz, bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi», — dedi Frimpong. Uning so‘zlarini Anfield Sector keltirdi.
«Liverpul» Angliya chempionatining yangi mavsumini safarda «Nyukasl» bilan 2:2 hisobidagi durang bilan boshladi. «Nottingem Forest» esa o‘z maydonida «Lids»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













