Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

David Rayya: «Biz istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz»

David Rayya: «Biz istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

O‘tgan mavsumda «to‘pchilar» Angliya Premyer-ligasi g‘olibiga aylangan va Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan edi. Hal qiluvchi bahsda «Arsenal» penaltilar seriyasida «PSJ»ga imkoniyatni boy bergan.

«Biz g‘olib bo‘lishni xohlaymiz — bir martalik muvaffaqiyat bizni qoniqtirmaydi. Biz chempionat, kuboklar va Chempionlar ligasi uchun kurashamiz, chunki yanada ko‘proq yutuqlarga erishishni istaymiz.

Maqsadimiz — barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish. Biz istalgan raqibni mag‘lub eta olishimizga ishonamiz. Faqat o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratib, o‘tgan mavsumdagidan ham ko‘proq natijaga erishishga harakat qilishimiz kerak», — dedi Rayya. Uning so‘zlarini Arsenal Radar keltirdi.

Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini «Koventri» ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Bundan avval «Arsenal» Angliya Superkubogida «Manchester Siti»ni ham xuddi shu — 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 08:43, 27.08.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик