"Palmeyras" Braziliya kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvida "Santos"ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 3:0. Bahs San-Pauludagi "Alyans Parke" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim yakunida Xose Lopes va Andreas Pereyra gol urib, "Palmeyras"ga ustunlikni ta’minladi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa Lopes yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
"Santos"ning 34 yoshli hujumchisi Neymar ushbu uchrashuvda ishtirok etmadi. Bunga "Alyans Parke" stadionida sintetik gazon yotqizilgani va bunday maydonda jarohat olish xavfi yuqoriroq ekani sabab bo‘ldi.
Javob uchrashuvi bir haftadan so‘ng, 3 sentyabr kuni o‘tkaziladi.
Braziliya kubogi
1/4 final, birinchi o‘yin
"Palmeyras" — "Santos" — 3:0
Gollar: Xose Lopes, 34; Andreas Pereyra, 45; Xose Lopes, 61.













