26-avgustdan 27-avgustga o‘tar kechasi Angliya Liga kubogining uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Brayton" bilan, "Liverpul" "Tottenxem"ga qarshi, "Manchester Siti" esa "Norvich" bilan bahs olib boradi. "Aston Villa"ga "Koventri" raqib bo‘ldi.
Uchinchi bosqichning barcha juftliklari:
- "Kristal Pelas" — "Midlsbro"
- "Manchester Yunayted" — "Brayton"
- "Manchester Siti" — "Norvich"
- "Sanderlend" — "Xall"
- "Ipsvich" — "Arsenal"
- "Koventri" — "Aston Villa"
- "Bornmut" — "Linkoln Siti"
- "Liverpul" — "Tottenxem"
- "Chelsi"/"Luton" g‘olibi — "Lids"
- "Milluoll" — "Nyukasl"
- "Flitvud Taun" — "Sheffild Yunayted"
- "Everton" — "Vulverxempton"
- "Leyton Oriyent" — "Bredford"
- "Reding" — "Brentford"
- "Piterboro" — "Barnsli"
- "Vest Xem" — "Fulxem"/"Uimbldon" g‘olibi
O‘tgan mavsumda Angliya Liga kubogi g‘olibligini "Manchester Siti" qo‘lga kiritgan edi. Manchesterliklar finalda "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan.













