Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Superliga. 19-turning eng ko‘p muxlis yig‘gan o‘yini ma’lum bo‘ldi

Superliga. 19-turning eng ko‘p muxlis yig‘gan o‘yini ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 19-tur uchrashuvlarini stadionlarda jami 47 963 nafar muxlis tomosha qildi.

Turning eng ko‘p tomoshabin yig‘gan bahsi «Neftchi» — «So‘g‘diyona» uchrashuvi bo‘ldi. «Istiqlol» stadionida o‘tgan mazkur o‘yinni 13 535 nafar muxlis bevosita kuzatdi.

Ikkinchi ko‘rsatkich «Dinamo» — «Paxtakor» bahsiga to‘g‘ri keldi. Samarqanddagi «Dinamo» stadioniga 12 620 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

«Andijon» — «Xorazm» uchrashuvini «Bobur Arena»da 6 883 nafar, «Qizilqum» — «Nasaf» bahsini esa «Yoshlar» sport majmuasida 5 274 nafar muxlis tomosha qildi.

«Qo‘qon-1912» — «Buxoro» o‘yiniga 3 900 nafar, «Lokomotiv» — «Bunyodkor» uchrashuviga 3 205 nafar, «Surxon» — OKMK bahsiga 2 071 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Turning eng kam tomoshabin yig‘gan uchrashuvi «Mash’al» — «Navbahor» bahsi bo‘ldi. G‘uzor markaziy stadionidagi mazkur o‘yinni 475 nafar muxlis kuzatdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:14, 27.08.2026.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик