Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Martinellining «Al-Hilol»ga ehtimoliy transferi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Martinellining «Al-Hilol»ga ehtimoliy transferi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning qanot hujumchisi Gabriel Martinelli yaqin vaqt ichida «Al-Hilol» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan. Transfer summasi 60 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda. Braziliyalik futbolchi «Al-Hilol» bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolashi va bir mavsum uchun 20 million yevro maosh olishi kutilmoqda. Barcha tomonlar kelishuv yaqin vaqt ichida amalga oshishiga ishonch bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli Martinelli barcha musobaqalar doirasida 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:24, 27.08.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик