«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Omar Marmush klubni tark etishini tasdiqladi.
Avvalroq misrlik hujumchi faoliyatini ehtimol, «Tottenxem»da davom ettirishi ma’lum bo‘lgan edi.
«Menimcha, Omar ketmoqchi. Hozircha hech narsa hal qilingani yo‘q. Biz buni kutyapmiz. Niko Gonsales ketdi, Savio ketdi va ehtimol, Omar ham ketadi», — deya Mareska so‘zlarini Sky Sports keltirdi.













