Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Lill» Paragvay terma jamoasi darvozaboni Xilni rasmiy ravishda transfer qildi

«Lill» Paragvay terma jamoasi darvozaboni Xilni rasmiy ravishda transfer qildi

Baho:
+ | -

«Lill» «San-Lorenso» klubi va Paragvay terma jamoasi darvozaboni Orlando Xil transferini rasmiy ravishda e’lon qildi.

Tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi bonuslardan tashqari 3,6 million yevroni tashkil qilgan.

Xil 2024 yildan buyon «San-Lorenso» safida to‘p tepib kelayotgan edi. U klubning asosiy jamoasi tarkibida jami 63 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning 30 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

2025 yil sentyabr oyida Paragvay terma jamoasida debyut qilgan darvozabon keyinchalik Roberto Fernandes bilan raqobatda ustun kelib, 2026 yilgi Jahon chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Xil turnirning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi. Xususan, 1/16 finalda Germaniyaga qarshi penaltilar seriyasida jamoasiga g‘alaba qozonishda katta hissa qo‘shdi.

Paragvay Jahon chempionatidagi ishtirokini 1/8 finalda Fransiyaga 0:1 hisobida minimal hisobda mag‘lub bo‘lib yakunladi.

«Lill» yangi mavsumni safarda «Anje» ustidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Ikkinchi turda Davide Anchelotti shogirdlari 28 avgust kuni o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 15:44, 27.08.2026.
O'qildi: 560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик