«Barselona» Nepal va Tibetdagi toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Chorshanba kuni Nepalning Tibet bilan chegaradosh hududida sel oqimi ortidan kuchli toshqin yuz berdi. Nepal rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 270 nafar halok bo‘lgan insonning jasadi topilgan, 800 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.
Xitoy OAV ma’lumotiga ko‘ra, Tibetda kamida uch kishi halok bo‘lgan, 558 dan ortiq inson bedarak yo‘qolgan. Ushbu raqamlar bir-biri bilan kesishadimi yoki yo‘qmi — hozircha noma’lum. Bedarak yo‘qolganlar orasida sayyohlar salmoqli qismni tashkil etmoqda.
Toshqinga tog‘ daryosiga ulkan muz bo‘lagining qulab tushishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
«Barselona» Nepal va Xitoy chegarasida yuz bergan vayronkor toshqinlar munosabati bilan hamdardlik bildiradi.
«Yaqinlarini yo‘qotganlar, hanuz bedarak sanalganlar va ushbu fojiadan jabr ko‘rgan barcha aholi punktlari bilan birgamiz», — deyiladi kataloniyaliklar klubi bayonotida.













