Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Barselona" yangi chapoyoq markaziy himoyachi izlamoqda

"Barselona" yangi chapoyoq markaziy himoyachi izlamoqda

Baho:
+ | -

Transferlar bo‘yicha mutaxassis Matteo Moretto "Barselona"ning yangi markaziy himoyachi izlayotgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi. U "RB Leypsig" futbolchisi Kastello Lukeba va "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiu variantlarini istisno qildi.

"Lukeba va Gonsalu Inasiuning "Barselona"ga markaziy himoyachi sifatida o‘tishini istisno qilaman. Klub ko‘z ostiga olgan futbolchi ularga qaraganda kamroq tanilgan", — dedi Moretto.

Bu ma’lumot yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida "Barselona"ning yangi chapoyoq markaziy himoyachi qidiruvini yanada qiziqarli tusga kiritdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar "Tvente"ning yosh markaziy himoyachisi Ruud Niystad bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Biroq Niderlandiya klubi futbolchini sotishni istamayotgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, "Barselona" Alvaro Kortesni "Antverpen"ga qo‘yib yuborish arafasida turibdi.

Kiritildi: 20:40, 27.08.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик