Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Rasman: «Arsenal» tarbiyalanuvchisi klubdan ketdi

Rasman: «Arsenal» tarbiyalanuvchisi klubdan ketdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» 26 yoshli vinger Rayss Nelson klubni tark etganini ma’lum qildi. London klubi va uning akademiyasi tarbiyalanuvchisi o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.

Nelson faoliyatining katta qismini «Arsenal» tizimida o‘tkazdi. U 2016 yil dekabrida klub bilan ilk professional shartnomasini imzolagan, 2017 yil avgustida esa Angliya Superkubogi doirasida «Chelsi»ga qarshi o‘yinda asosiy jamoa safida debyut qilgan.

Keyinchalik angliyalik futbolchi ijara asosida «Hoffenhaym», «Feyenoord», «Fulhem» va «Brentford» klublarida to‘p surdi. O‘tgan mavsumni Nelson «Brentford»da o‘tkazib, barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shularning uchtasini asosiy tarkibda boshladi. U sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli mavsumning ayrim o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.

Nelson «Arsenal» safida jami 90 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi faoliyatini «Vest Hem»da davom ettirishi mumkin.

Kiritildi: 00:59, 28.08.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик