«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines yaqin vaqt ichida «Chelsi» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 33 yoshli argentinalik golkiper uchun 7,5 million funt to‘laydi. The Athletic jurnalisti Devid Ornshteynning yozishicha, Martines «Chelsi» bilan «2+1» ko‘rinishidagi shartnoma imzolaydi.
Martines 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub safida 256 ta o‘yin o‘tkazib, 305 ta gol o‘tkazib yuborgan va 80 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.













