Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Marotta: «Inter» to‘qqiz yildan beri ketma-ket Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda»

Marotta: «Inter» to‘qqiz yildan beri ketma-ket Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda»

Baho:
+ | -

«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta 2026/27 yilgi mavsum Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga qur’a natijalarini izohladi. Milanliklar klubining raqiblari «Liverpul», Madridning «Real»i, Dortmundning «Borussiya»si, «Feyenoord», «Bryugge», «Shaxtyor», «Shtutgart» va Bratislavaning «Slovan» jamoalari bo‘ldi.

«Bu har doim hayajonli voqea. «Inter» to‘qqiz yildan beri ketma-ket Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda, jamoa ushbu turnirning doimiy ishtirokchisiga aylandi. Bu jahon futbolidagi eng muhim klub musobaqasi», — deya Marottaning so‘zlarini Football Italia keltirdi.

«Biz har doim yuqori maqsadlarni ko‘zlashimiz kerak. So‘nggi yillarda Chempionlar ligasida jiddiy natijalarga erishdik. Bizda orzu qilish huquqi ham bor».

«Yo‘limiz boshqa jamoalarning natijalariga ham bog‘liqligini tushunamiz. Yangi format turnirni juda bashorat qilib bo‘lmaydigan qildi, shuning uchun 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kimlar chiqishini oxirigacha aniqlash qiyin bo‘ladi».

«Inter» Chempionlar ligasida 2010 yildan beri g‘olib bo‘lmagan. So‘nggi to‘rt mavsumda milanliklar ikki marta turnir finaliga yetib bordi.

Kiritildi: 07:26, 28.08.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик