Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

Anri: «Og‘riq! Bu har doim meni ta’qib qiladi»

Anri: «Og‘riq! Bu har doim meni ta’qib qiladi»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri o‘z faoliyati haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashib, «Arsenal» bilan Chempionlar ligasi finalidagi og‘riqli mag‘lubiyati va keyinchalik «Barselona» safidagi triumfi haqida gapirdi.

«“Arsenal” bilan o‘ynagan Chempionlar ligasidagi birinchi finalim? Og‘riq! Bu har doim meni ta’qib qiladi. Men “Arsenal” muxlislariga bu sovrinni olib bera olmadim.

Ammo keyin hayot davom etadi, sen qaytasan — 2009 yilda ham xuddi shunday bo‘ldi, o‘shanda “Barsa” bilan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Mag‘lubiyatga uchraysan, o‘rningdan turasan va yana cho‘qqi sari ko‘tarilasan», — deya Anrining so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Anri faoliyatining eng yaxshi yillarini Londonning «Arsenal» klubida o‘tkazgan. U klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan — 228 ta gol urgan. Shuningdek, APLda ikki marta chempion bo‘lgan, jumladan 2003/04 yilgi mashhur «oltin mavsum»da mag‘lubiyatsiz chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Anri, shuningdek, «Monako», «Yuventus», «Barselona» va «Nyu-York Red Bullz» klublarida ham o‘ynagan. Fransiya terma jamoasi safida 1998 yilgi jahon chempioni va 2000 yilgi Yevropa chempioni bo‘lgan.

2006 yilda Anri o‘ynagan «Arsenal» Chempionlar ligasi finalida «Barselona»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Kiritildi: 08:09, 28.08.2026.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик