Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Behruz Karimov: «Ushbu sarguzasht hayotim davomida men uchun katta rol o‘ynaydi» (video)

Behruz Karimov: «Ushbu sarguzasht hayotim davomida men uchun katta rol o‘ynaydi» (video)

Baho:
+ | -

Shveysariyaning "Lugano" klubi himoyachisi Behruz Karimov jamoa matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Lugano" — men uchun katta tramplin. Jamoada meni yaxshi kutib olishdi. Bu jamoa safiga qo‘shilganimdan juda ham xursandman. Ushbu sarguzasht hayotim davomida men uchun katta rol o‘ynaydi. "Lugano" bilan birgalikda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilaman.

Yevropa jamoalarida o‘ynashni yoshligimdan orzu qilardim. Hozirda motivasiyaga boyman.

Jahon chempionatidan keyin taklif tushgan ko‘p jamoalarni kuzatdik. Ular orasida "Lugano" bizga ma’qul keldi. Shuning uchun bu jamoani tanladim.

O‘zbekiston milliy jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etdim. Bu men uchun katta tajriba bo‘ldi. O‘yin paytida darvoza tomon zarba berishga va hech narsadan qo‘rqmaslikka ko‘proq harakat qilaman. Agar qo‘rqmasam, bor imkoniyatlarimini ko‘rsata olaman.

Asosiy maqsadim o‘zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda yaxshi natijani qo‘lga kiritish. Maydon tashqarisida xotirjam yurishga harakat qilaman. Hozirda esa ingliz va italyan tillarini o‘rganyapman.

"Lugano" klubi muxlislaridan esa bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Biz esa ularni quvontirishga harakat qilamiz. Forza Lugano!", — dedi Behruz Karimov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:22, 28.08.2026.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик