Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Gabriel Martinelli «Al-Hilol»ga o‘tishga rozilik berdi

Gabriel Martinelli «Al-Hilol»ga o‘tishga rozilik berdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Gabriel Martinelli «Al-Hilol»ga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Avvalroq jurnalist Ben Jeykobs Saudiya klubi 25 yoshli vinger transferi bo‘yicha «kanonirlar» bilan prinsipial kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 66 million yevroni tashkil etadi. Jeyms Benj ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar 58 million yevroni kafolatlangan to‘lov sifatida, yana 8 million yevroni esa bonuslar ko‘rinishida olishi mumkin.

Klublar 65 million yevrodan ortiq qiymatdagi kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini muvofiqlashtirmoqda. Transfer muzokaralarning yakuniy bosqichiga o‘tgan. Ayni paytda futbolchining shartnoma shartlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Yaqin vaqt ichida braziliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Martinelli o‘tgan mavsumda APLda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, har bir o‘yinda o‘rtacha 35 daqiqa harakat qildi. U 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:59, 28.08.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик