Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Myuller: «Bavariya» chempionlik uchun asosiy favorit, raqiblarida imkoniyat juda kam»

Myuller: «Bavariya» chempionlik uchun asosiy favorit, raqiblarida imkoniyat juda kam»

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Vankuver Uaytkeps» safida to‘p tepayotgan Tomas Myuller Bundesliganing 2026/2027 yilgi mavsumi haqidagi kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Vensan Kompani boshchiligidagi “Bavariya” xotirjamlikka berilmaydi, chunki u jamoadagi barcha jarayonlarni qattiq nazorat ostida ushlab turadi. Ammo kelasi mavsumda Germaniyada “Bavariya” bilan raqobatlasha oladigan birorta ham jamoani ko‘rmayapman. Ehtimol, “Bavariya” o‘tgan mavsumdagidek taxminan 89 ochko to‘playdi. Boshqa hech kim bunday natijaga yaqinlasha olmaydi, deb o‘ylayman.

“Bayer”ning 90 ochko to‘plagani istisno holat edi. Albatta, chempionlik uchun odatdagidek da’vogarlar bor: Dortmundning “Borussiya”si, “Leypsig” va “Bayer”. Shuningdek, “Shtutgart”ni ham ambisiyali klub deb hisoblayman, ammo ular mavsumda 80 ochkodan ko‘proq to‘plashni maqsad qilgan jamoaga o‘xshamaydi.

Yangi “Bayer” paydo bo‘lishini ko‘rmayapman. “Borussiya” yaxshi mavsum o‘tkazadi. Albatta, “Bavariya” omadsizlikka uchrasa, ular yetakchi bo‘lish ambisiyasiga ega. Ammo bunday holat yuz bermaydi.

“Bavariya” avvalroq ikki nafar istiqbolli futbolchi — Ismael Saybari va Nataniel Braunni katta mablag‘ evaziga xarid qildi. Bu jamoa yanada kuchayishni maqsad qilganining yaqqol belgisi», — deya Myullerning so‘zlarini keltiradi Sport Bild.

Kiritildi: 15:02, 28.08.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик