«Tottenxem» hujumchisi Muhammad Kudus jarohatdan tiklanish yo‘lida muhim qadam tashladi. Xabarlarga ko‘ra, ganalik futbolchi payshanba kuni ertalab «Xotspur Uey» bazasida asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Kudus 2026 yil yanvaridan buyon maydonga tushmagan. U «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda son mushagidan jiddiy jarohat olgan, aprel oyida esa tiklanish jarayonida yana muammoga duch kelgan edi. Avgust boshida «Tottenxem» futbolchi maydonda yugurish va to‘p bilan individual mashqlarni boshlaganini ma’lum qilgandi.
Bosh murabbiy Roberto De Dzerbi ham yaqinda Kudusning tiklanishi yaxshi ketayotgani va u qaytishga yaqinlashganini bildirgan. Biroq murabbiylar shtabi futbolchining salomatligini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun uni maydonga qaytarishda shoshilmasligini ta’kidlagan.
«Tottenxem» Premyer-ligadagi navbatdagi uchrashuvini 29 avgust kuni o‘z maydonida «Nyukasl»ga qarshi o‘tkazadi.













