Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Bolonya» Lukumidan keyin himoya chizig‘ini Teate bilan kuchaytiradi

«Bolonya» Lukumidan keyin himoya chizig‘ini Teate bilan kuchaytiradi

Baho:
+ | -

«Bolonya» Frankfurtning «Ayntraxt» klubi himoyachisi Artur Teate transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda italiyalik transfer insayderi Fabrisio Romano xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, «Bolonya» belgiyalik futbolchini dastlab ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oladi. Bitimda uni 15 million yevroga sotib olish huquqi hamda kelajakdagi transfer summasining 15 foizini «Ayntraxt»ga to‘lash sharti ko‘zda tutilgan.

26 yoshli markaziy himoyachi yaqin 24 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Bu Teatening «Bolonya»dagi ikkinchi davri bo‘ladi. U avval ham 2020/21 yilgi mavsumda ushbu klub safida ijara asosida to‘p surgan.

Jon Lukumini «Yuventus»ga sotgan «Bolonya» endi Teate transferi orqali himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 18:53, 28.08.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик