Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Shaxmat. Bibisora Assaubayeva nufuzli turnirda ikkinchi medalini qo‘lga kiritib yakuniy bosqichga yo‘l oldi

Shaxmat. Bibisora Assaubayeva nufuzli turnirda ikkinchi medalini qo‘lga kiritib yakuniy bosqichga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik grossmeyster Bibisora Assaubayeva Fransiyaning Sen-Trope shahrida o‘tkazilgan WR Women’s Chess Tour turnirining blis bahslarida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu natija orqali u ayollar o‘rtasidagi Yevropa bosqichining Grand finalida ishtirok etadi.

Assaubayeva yarimfinalda germaniyalik Elizabet Petsga qarshi bahs olib bordi. Qozog‘istonlik shaxmatchi dastlab 0,5:1,5 hisobida mag‘biyatga uchrayotgan edi, biroq keyingi partiyada hisobni tenglashtirdi. G‘olib nomi tay-breykda aniqlandi. Assaubayeva armageddon partiyasida raqibini yengib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi.

Uning finaldagi raqibi ukrainalik Anna Muzichuk bo‘ldi. Assaubayeva birinchi partiyada g‘alaba qozondi, biroq Muzichuk keyingi partiyada hisobni tenglashtirdi. Uchinchi partiya durang bilan yakunlandi va chempionlik taqdiri to‘rtinchi partiyada hal bo‘ldi.

Qora donalarda o‘ynagan Assaubayeva hal qiluvchi bellashuvda mag‘lub bo‘ldi. Yakunda Muzichuk 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrin va 7 000 dollar mukofot puliga ega chiqdi. Bibisora Assaubayeva 7,5 ochko bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin Elizabet Petsga nasib etdi.

Assaubayeva 25 avgust kuni Sen-Tropeda o‘tkazilgan rapid turnirida g‘olib bo‘lgan edi. U finalda ukrainalik Mariya Muzichukni 2:0 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa qozog‘istonlik shaxmatchi WR Women’s Chess Tour musobaqasining Fransiyadagi bosqichini oltin va kumush medal bilan yakunladi.

Ushbu natija Bibisora Assaubayevaga Yevropa bosqichining Grand finalida qatnashish huquqini berdi. Hal qiluvchi turnir 22–23-noyabr kunlari Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 19:08, 28.08.2026.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик