Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Liverpul"ning 16 yoshli iqtidori uch oyga safdan chiqdi

"Liverpul"ning 16 yoshli iqtidori uch oyga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

The Athletic xabariga ko‘ra, "Liverpul" akademiyasining iqtidorli futbolchisi Joshua Abe uch oygacha maydondan tashqarida qolishi mumkin.

16 yoshli futbolchi uzoq vaqtdan beri bezovta qilib kelayotgan yelkasidagi muammo sabab jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

Abe Mersisayddagi eng istiqbolli yosh futbolchilardan biri sifatida baholanadi. U mavsumoldi tayyorgarligi doirasida "Liverpul"ning AQSHdagi turnesida asosiy jamoa bilan birga ishtirok etgan.

Yozda u boshqa klublarning takliflarini rad etib, "Liverpul" bilan stipendiya shartnomasini imzoladi. Shuningdek, futbolchi 17 yoshga to‘ladigan kelasi yil iyul oyida imzolashi mumkin bo‘lgan ilk professional shartnoma bo‘yicha ham dastlabki kelishuv mavjud.

Kiritildi: 22:10, 28.08.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик