Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Mourinyo rejalaridan tushib qolgan Kamavinga 80 million yevroga sotilishi mumkin

Mourinyo rejalaridan tushib qolgan Kamavinga 80 million yevroga sotilishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga transfer oynasi yopilishi arafasida jamoani tark etishi mumkin. 23 yoshli futbolchi Joze Mourinyo qo‘l ostida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan va unga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Mourinyo “qirollik klubi” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng yarimhimoya chizig‘ida o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Hozir bu pozisiyada Federiko Valverde, Bernardu Silva va Jud Bellingem asosiy tarkibdan joy olmoqda. Kamavinga esa so‘nggi uchrashuvlarda asosan zaxira o‘rindig‘ida qolib, o‘yinlarning oxirgi daqiqalarida maydonga tushirilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Kamavinga bilan bog‘liq vaziyatdan “Manchester Yunayted” unumli foydalanishi mumkin. Angliya klubi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. “Qizil iblislar” APLning ilk turida “Hall Siti”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa navbatdagi uchrashuvda “Ipsvich” bilan bahs olib boradi.

Insayder Ruben Kanisaresning ta’kidlashicha, agar “Manchester Yunayted” yana ochko yo‘qosa, klub rahbariyati transfer bozorida faol harakat qilishi mumkin. Bu holatda “Real”ga Kamavinga uchun 70–80 million yevrolik taklif yuborilishi ehtimoli mavjud.

Mourinyo futbolchini sotishga qarshi ekani va jamoa tarkibi to‘liq shakllanganini ta’kidlamoqda. Biroq Kamavinga uchun 80 million yevrolik taklif “Real” rasmiylarining qarorini o‘zgartirishi mumkin.

Transfer bo‘yicha yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda. Agar Kamavinga 30 avgust kuni “Malaga”ga qarshi uchrashuvda ham qisqa vaqtga maydonga tushsa, uning “Manchester Yunayted”ga transferi ehtimoli yanada oshadi.

Ma’lumot uchun, Ffransiyalik futbolchi 2021 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p tepmoqda. U “qirollik klubi”ga “Renn”dan 31 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:40, 28.08.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик