Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Bundesliga. «Shtutgart» Myunxenda «Bavariya» tomonidan tor-mor keltirildi

Bundesliga. «Shtutgart» Myunxenda «Bavariya» tomonidan tor-mor keltirildi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Germaniya Bundesligasining 1-turida o‘z maydonida «Shtutgart»ni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Myunxenliklar safida Dayo Upamekano 21-daqiqada, Maykl Olise 55-daqiqada, Aleksandr Pavlovich 82-daqiqada va Luis Dias 90+2-daqiqada gol urdi. Yozua Kimmix va Ismoil Saybari esa ikkitadan golli uzatmani amalga oshirdi.

«Shtutgart» himoyachisi Yosha Vagnoman 52-daqiqada hisobni tenglashtirgan edi, ammo oradan besh daqiqa o‘tib o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi.

Bundesliganing keyingi turida «Shtutgart» 4 sentyabr kuni o‘z maydonida «Kyoln»ni qabul qiladi. «Bavariya» esa 5 sentyabr kuni safarda «Shalke»ga qarshi maydonga tushadi.

Germaniya Bundesligasi. 1-tur

28.08.2026 | Myunxen, «Alyans Arena»

«BAVARIYA» — «SHTUTGART» — 5:1

Gollar: Dayo Upamekano 21’ (1:0), Yosha Vagnoman 52’ (1:1), Maykl Olise 55’ (2:1), Yosha Vagnoman 57’ avtogol (3:1), Aleksandr Pavlovich 82’ (4:1), Luis Dias 90+2’ (5:1).

«Bavariya»: Manuel Noyer, Dayo Upamekano, Kim Min Chje (Jonatan Ta, 84), Alfonso Devis (Yosip Stanishich, 74), Konrad Laymer, Yozua Kimmix, Aleksandr Pavlovich (Tom Bishof, 84), Nataniel Braun (Ismael Saybari, 61), Luis Dias, Maykl Olise, Garri Keyn (Lennart Karl, 84).

«Shtutgart»: Fabian Bredlov, Jeff Shabo (Leonidas Stergiu, 74), Ramon Xendriks, Finn Yelch, Angelo Shtiller (Xuan Andres, 88), Grisha Pryomel, Maksimilian Mittelshtedt, Yosha Vagnoman, Djenan Peychinovich (Ermedin Demirovich, 63), Deniz Undav (Bilal El-Xannus, 74), Tyagu Tomash ( Djeymi Leveling, 62).

Ogohlantirishlar: Kim Min Chje (81) — Djeff Shabo (62), Finn Yelch (68), Grisha Pryomel (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:02, 29.08.2026.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик