Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Landro Genduzini keskin tanqid qildi

Landro Genduzini keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -1

«Loryan» sobiq bosh murabbiyi Mikael Landro Chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichi javob uchrashuvidan keyin «Lion» muxlislarini provokasiya qilgan «Fenerbaxche» yarim himoyachisi Matteo Genduzi haqida keskin fikr bildirdi.

27 yoshli fransuz futbolchisi o‘yin yakunlanganidan keyin «Lion» muxlislarini ataylab jahlini chiqarishga uringan. Tribunalar ostidagi xonalarga kirish oldidan esa «Lion» darvozabonlar murabbiyi Antonio Ferreyra unga tashlangan va shundan so‘ng ikki jamoa vakillari ishtirokida ommaviy janjal kelib chiqqan.

«U bolaligidanoq doimo boshqalarni provokasiya qilib keladi. Ochig‘ini aytsam, u bilan ishlash juda qiyin. U o‘ynagan deyarli barcha klublarda bir-ikki yildan ortiq qolmagan. Iqtidori bor, ammo odamlar undan allaqachon charchagan.

Kimdir: «Ha, lekin u yaxshi inson», deyishi mumkin... Yo‘q. Agar u asosiy tarkibda maydonga tushmasa, mashg‘ulotlarda hatto o‘z jamoadoshlari bilan ham muammo chiqaradi. Insoniy jihatdan u bilan munosabat o‘rnatish juda murakkab», — dedi Landro Foot Mercato'ga.

Kiritildi: 05:15, 29.08.2026.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик