«Bornmut» bosh murabbiyi Marko Roze yarim himoyachi Aleks Skott «Chelsi» va «Manchester Yunayted» qiziqishiga qaramay, jamoada qolishiga ishonch bildirdi.
«Men uning qolishiga shunchaki ishonch bildirmayapman. Buni aniq bilaman. 120 foiz degan tushuncha bormi? Men 120 foiz ishonaman», — dedi Roze.













