«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida hujumchi Markus Reshfordni sotib yuborish ehtimolini istisno qilmayapti. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining vaziyatini «Arsenal» va «Barselona» kuzatishda davom etmoqda. Kataloniya klubi vakillari hatto Reshford o‘tgan mavsum oxirida jamoani tark etganiga qaramay, uning atrofidagi shaxslar bilan aloqani saqlab qolgan.
Ayni paytda 28 yoshli futbolchining transferi amalga oshishi ehtimoli yuqori emas. Shunga qaramay, «Manchester Yunayted»ga munosib taklif kelib tushsa, kelishuv to‘liq istisno qilinmaydi.
Reshford jamoaga qaytganidan so‘ng Angliya Premyer-ligasida bitta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.
Hujumchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.













