«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim «Venesiya» ustidan (2:0) g‘alaba qozonilgan Italiya chempionatining 2-tur o‘yinidan so‘ng jamoasini hali ko‘p ish kutayotganini aytdi. Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, raqib «rossonerilar»ga noqulay futbol taklif qilgan.
«Bu og‘ir o‘yin bo‘lishini bilardik. Hamma biz tezda gol uramiz, deb kutgandi, ammo bizda hech qachon uzoq vaqt davomida to‘p nazorati bo‘lmadi. Ko‘p narsani yaxshi bajardik, ammo bu o‘yin oldinda hali ko‘p ish borligini ko‘rsatdi.
Ba’zida bizda himoya chizig‘ini yorib o‘tayotgan ikki nafar futbolchi bordek tuyuladi, ammo bu shunchaki Gonsalu Ramush. U boy berilgan imkoniyatlardan xafa bo‘lmagani va keyingi hujumda gol urgani uning tajribasidan dalolat beradi», dedi Amorim.













