Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

«PSJ» xodimlariga muvaffaqiyatli mavsum uchun qariyb 4800 yevro mukofot puli to‘laydi

«PSJ» xodimlariga muvaffaqiyatli mavsum uchun qariyb 4800 yevro mukofot puli to‘laydi

Baho:
+ | -

«PSJ» 2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha klub xodimlariga jamoaviy mukofot puli to‘laydi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

Mukofot miqdori soliqlar ushlab qolingunga qadar 4772,24 yevroni tashkil etadi. To‘lov ikki qismga bo‘linadi, birinchi qismi xodimlarga avgust oyi maoshi bilan birga beriladi.

Klub rahbariyati shu orqali «PSJ»ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarini, jumladan, Chempionlar ligasidagi navbatdagi g‘alabasini nishonlashga qaror qildi. Bir yil avval ham parijliklar musobaqada klub tarixidagi ilk g‘alabadan so‘ng xodimlariga mukofot puli to‘lagan edi.

Mukofotni futbol va gandbol bo‘linmalari, «Park de Prens» stadionini boshqaruvchi kompaniya, shuningdek, «PSJ» fondi va xayriya tuzilmalari xodimlari oladi. To‘lov doimiy va muddatli shartnoma asosida ishlovchi xodimlar hamda stajyorlarga beriladi. Sport natijalari uchun allaqachon mukofot oladigan xodimlar esa bundan mustasno.

Mukofotni olish uchun o‘tgan mavsum davomida klubda amalda kamida sakkiz oy ishlagan bo‘lish talab etilgan.

«Barcha bo‘linmalardagi sportdagi muvaffaqiyatlarimiz, shuningdek, kompaniya va brend sifatidagi o‘sishimiz, innovasiya va ijodkorlik qobiliyatimiz ulkan jamoaviy mehnat natijasidir. Bu sizlarning yutuqlaringiz va muvaffaqiyatlaringiz», — deb yozdi «PSJ» prezidenti Nasser Al-Xelayfiy klub xodimlariga yo‘llagan maktubida.

Kiritildi: 14:17, 29.08.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик