Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Laymer: «Biz o‘zimizni eng yaxshi tomondan ko‘rsatdik»

Laymer: «Biz o‘zimizni eng yaxshi tomondan ko‘rsatdik»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Konrad Laymer Bundesliganing 1-turida «Shtutgart» ustidan qozonilgan 5:1 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, biz 1-turda o‘zimizni eng yaxshi tomondan ko‘rsatdik. Hammasi ham ideal bo‘lmagan bo‘lsa-da, biz bu mavsumda qanday o‘ynashni istashimizni va jamoa sifatida kim ekanimizni yana bir bor birinchi daqiqadan so‘nggi daqiqagacha namoyish etdik.

Jamoa bilan yana maydonga tushish juda yoqimli. Bundesliga qaytganidan va biz yana jamoa sifatida odatiy futbolimizdan zavqlanayotganimizdan xursandman.

Raqib hisobni tenglashtirganidan keyin o‘zimizni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldik, 2:1, keyin esa 3:1 hisobini qayd etdik. Shundan so‘ng ham xuddi shu ruhda davom etdik. Birinchi o‘yin uchun munosib uchrashuv bo‘ldi va bu muhim uch ochko», — deya Laymerning so‘zlarini myunxenlik klubning rasmiy sayti keltirmoqda.

2-turda «Bavariya» 5 sentyabr kuni «Shalke-04» bilan, «Shtutgart» esa 4 sentyabr kuni «Kyoln» bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 15:20, 29.08.2026.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик