«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yuqori saviyadagi futbolchilarning murabbiy ishi natijalariga ta’siri haqida fikr bildirdi.
«Qachonki senda favqulodda darajadagi futbolchilar bo‘lsa, ular murabbiyni dahodek ko‘rsatib qo‘yadi», — deya Mourinyoning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis bu yozda ikkinchi marta Madrid klubi bosh murabbiyi bo‘ldi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Mourinyo avval «Real»ni 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan va jamoa bilan Ispaniya chempionati, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritgan.
La Liganing ikki turidan so‘ng «Real» 6 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.













