Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

«Atletik» futbolchilari klub rahbariyati bilan ziddiyatga bordi

«Atletik» futbolchilari klub rahbariyati bilan ziddiyatga bordi

Baho:
+ | -

«Atletik» futbolchilari klub rahbariyati bilan uy uchrashuvlariga bepul chiptalar ajratilishi bekor qilingani sababli ziddiyatga bordi.

As xabar berishicha, avval asosiy jamoaning har bir futbolchisi «San-Mames»dagi uy uchrashuvlariga to‘rtta bepul chipta olish imkoniyatiga ega edi. Biroq prezident Jon Uriarte boshchiligidagi klub rahbariyati ushbu imtiyozni to‘liq bekor qilishga qaror qildi.

Bu qaror klub xodimlari, sobiq futbolchilar, rahbarlar va avvalgi prezidentlarga ham taalluqli bo‘ldi.

Shu hafta «Atletik» futbolchilari klub bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi, ammo tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Futbolchilar norozilik belgisi sifatida ommaviy axborot vositalariga intervyu bermaslikka qaror qildi.

«Barselona»dan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, «Atletik»ning biror futbolchisi na rasmiy translyatorga, na mikst-zonadagi jurnalistlarga intervyu berdi. Hatto uchrashuvda jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Unay Simon ham kameralar qarshisida ko‘rinish bermadi.

«Atletik» matbuot xizmati vakili jurnalistlarga futbolchilarning bu qarorni klubdagi «ichki muammo» sababli o‘zlari qabul qilganini ma’lum qildi.

EITB va As ma’lumotlariga ko‘ra, endi «Atletik» La Liga tomonidan jarimaga tortilishi mumkin. Chunki futbolchilar uchrashuvlardan so‘ng teletranslyasiya huquqiga ega bo‘lgan kompaniyalar vakili bilan muloqot qilishi shart. Media majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish klubning teletranslyasiya huquqlaridan oladigan daromadlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: 19:38, 29.08.2026.
O'qildi: 1436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик