Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Kyoln» o‘z maydonida «Xoffenxaym»ni irodali tarzda yengdi

«Kyoln» o‘z maydonida «Xoffenxaym»ni irodali tarzda yengdi

Baho:
+ | -

Biroz oldin Bundesliganing 1-turida «Kyoln» o‘z maydonida «Xoffenxaym»ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv boshida mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va tez orada hisobni ochdi. Bambaze Kontening uzatmasidan so‘ng Adam Dagim raqib darvozasini ishg‘ol qildi. «Xoffenxaym» tanaffusgacha minimal ustunlikni saqlab qoldi.

51-daqiqada «Kyoln» hisobni tenglashtirdi. Said El-Mala jamoasiga muhim golni taqdim etdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, «Xoffenxaym» yana oldinga chiqishi mumkin edi, ammo Maks Myorshtedt penaltini aniq amalga oshira olmadi. Shundan so‘ng mehmonlar tarkibida Ozan Kabak gol urdi, Vladimir Soufal esa unga assistentlik qildi.

Biroq «Kyoln» taslim bo‘lmadi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa hujumchisi Teys Dalling dubl qayd etib, mezbonlarga uch ochkoni taqdim etdi.

Kiritildi: 20:46, 29.08.2026.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик