Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

"Roma"ga Enrike kerak

"Roma"ga Enrike kerak

Baho:
+ | -

Braziliyalik vinger, «Zenit» futbolchisi Luis Enrike faoliyatini Italiyaning «Roma» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, futbolchining xizmatlari «Roma»ga taklif qilingan va rimliklar 25 yoshli vingerga qiziqish bildirgan. Italiya klubi ehtimoliy transfer shartlarini bilish uchun «Zenit»ga so‘rov yuborgan. 

Eslatib o‘tamiz, «Zenit» Luis Enrikeni 2025 yil yanvar oyida qariyb 30 million yevroga xarid qilgan.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Ayni paytda Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Luis Enrikeniing bozor qiymati 24 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 21:32, 29.08.2026.
O'qildi: 1066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик